“Galatasaroy” klubi hamda Turkiya terma jamoasi hujumchisi Umut Bulutning otasi Anqaradagi terakt oqibatida vafot etganlar orasida ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda CNN-Turk’ga tayangan holda “TASS” xabar beradi.
Anqarada 13-mart, yakshanba kuni avtomobil portlatib yuborildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yuz bergan portlash oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi, 125 kishi jabrlandi. Terakt shaharning bir nechta bank, metro stansiyasi, avtobus bekati va xiyobon joylashgan qismida yuz bergan.
Umut Bulut 2012-yildan buyon “Galatasaroy” jamoasida to‘p surib kelmoqda. 15-mart kuni 33 yoshini qarshilaydigan futbolchi faoliyati davomida 194 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Shulardan 10 tasi Turkiya terma jamoasi safida kiritilgan. U ikki karra Turkiya chempioni va uch karra Turkiya Kubogi sohibi hisoblanadi.
Izoh (0)