KXDR Janubiy Koreya va AQSh hamkorligida o‘tkazilayotgan Key Resolve va Foal Eagle harbiy mashg‘ulotlariga javoban yana bir bora ogohlantiruvchi zarbalar berish bilan tahdid qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Koreya xalq armiyasining yangi bayonotida ta’kidlanishicha, provokatsiya sodir etilgan taqdirda “KXA butun Janubiy Koreya, shu jumladan, Seulni ozod qilish bo‘yicha operatsiya o‘tkazadi”.
Shuningdek, Pxenyan harbiy mashg‘ulotlarning mudofaa xususiyatiga ega ekanligini inkor qildi. Uning fikricha, o‘quvlar ittifoqchilarning Shimoliy Koreya strategik obyektlariga zarbalar berishni ko‘zda tutadigan OPLAN 5015 tezkor rejasi realizatsiyasiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilmoqda.
KXDRning birinchi tahdidi haqida 7-mart kuni xabar qilingan edi.
Izoh (0)