Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu UEFA talqini bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchi deb topildi. Bu haqda UEFA rasmiy saytiga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
Ovoz berish jarayonida ishtirok etgan respondentlarning 56 foizi portugaliyalik futbolchini qo‘llab-quvvatlagan. Ikkinchi o‘ringa “PSJ” hujumchisi Zlatan Ibragimovich loyiq deb topildi. 34 yoshli futbolchiga 34 foiz respondentlar ovoz bergan. “Zenit” klubi yetakchisi Xalk 6 foiz ovoz bilan uchinchi o‘rindan joy oldi.
Qayd etish joiz, portugaliyalik 31 yoshli futbolchi “Roma”ga qarshi (2:0) YeChL nimchorak final javob o‘yinida 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Roma”ga qarshi (2:0) YeChL nimchorak final dastlabki o‘yinida ham gol kiritib, “Real” g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shgan Ronaldu, UEFA tomonidan haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Izoh (0)