“Barselona” klubining sobiq prezidenti Sandro Rosel hamda jamoaning amaldagi rahbari Xosep Mariya Bartomeu “Neymar ishi” bo‘yicha endi ayblanmaydi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Barselona provinsial sudi katalon klubining 2013-yilda “Santos” jamoasidan Neymarni sotib olish borasidagi ishi yusazidan milliy sud sudyasi Pablo Rusaning og‘zaki ish ochish iltimosini rad etdi.
Xosep Bartomeu 2,8 million yevro soliq to‘lamaganlikda ayblangan edi.
Avvalroq “Barselona” klubi Neymarni 57,1 million yevroga sotib olganligini ma’lum qilgandi. Ispaniya prokuraturasi esa transfer qiymati 94,8 million yevroni tashkil qilgani haqida xabar bergan.
Bartomeu klubga prezident etib tayinlanganidan so‘ng, 13,5 million yevro miqdorida soliq to‘laganligini ta’kidlagan. Bu esa mavjud bo‘lgan barcha qarzlarni yopish uchun yetarli bo‘lgan. Eshitish davomida “Barselona”ning amaldagi prezidenti Neymarning transfer muzokaralari va shartnoma imzolashida ishtirok etmaganligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)