Rossiya moliyaviy monitoring bo‘yicha federal xizmati rahbari Yuriy Chixanchin hamkasblari bilan birgalikda Rossiya va boshqa mamlakatlar hududidagi bir necha o‘nlab xalqaro terrorchilik guruhini aniqlaganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
Prezident Vladimir Putin bilan uchrashuvda u yuqoridagi ishlar Federal xavfsizlik xizmati, shuningdek, boshqa mamlakatlar maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilganligini ta’kidlab o‘tdi. Jumladan, Chixanchinning so‘zlariga qaraganda, hozirda Fransiyaning tegishli xizmatlari bilan yaqindan hamkorlik olib borilmoqda.
“Terrorchilik guruhlaridan biri Fransiyada hibsga olindi. Guruh kavkazliklar tomonidan tashkil etilgan va Rossiya hududida ular mingga yaqin kishi bilan aloqada bo‘lgan”, — deydi Chixanchin.
Izoh (0)