Eronning o‘zi ishlab chiqargan raketalarni mashg‘ulotlar chog‘ida uchirishi “oltilik” (BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi va Germaniya) bilan yadroviy dastur bo‘yicha tuzilgan kelishuv shartlariga zid kelmaydi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirligi vakili Husayn Jobir Ansoriy bayonot berdi, deb ma’lum qiladi “TASS”.
“Eronning raketa dasturi va oxirgi paytlar mashg‘ulotlar chog‘ida o‘tkazilgan sinovlar ‘oltilik’ bilan tuzilgan kelishuvga zid emas”, — dedi u mahalliy televideniye efirida.Eslatib o‘tamiz, bir muddat ilgari Eron harbiy o‘quv mashqlari doirasida ballistik raketalarni bir necha marta sinov tariqasida uchirib ko‘rdi. Shundan keyin AQSh prezidenti Barak Obama Eronga qarshi amal qiluvchi sanksiyaviy rejimni yana bir yilga uzaytirdi.
Izoh (0)