AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Jon Kirbi KXDR rahbari Kim Chen Inni bir necha marotaba “yosh erkak” va “yosh diktator” deb atadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Jurnalistlar uchun uyushtirilgan muntazam brifingda chiqish qilarkan, Kirbi AQSh Shimoliy Koreyaning yadroviy kallaklarni ixchamlashtirish vazifasi uddalanganligi haqidagi bayonotini jiddiy qabul qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Kim Chen In haqida fikr bildirarkan, u yadroviy qurol yaratishdan ko‘ra Shimoliy Koreya xalqiga ko‘proq e’tibor berishi lozimligini aytib o‘tdi.
“Bu yosh diktator KXDRning xalqaro majburiyatlarini buzishda davom etmoqda”, — dedi Kirbi.
Izoh (0)