Hindiston janubidagi Odishya shtatida yuz bergan yirik avtohalokat oqibatida 30 kishi jarohat oldi. Bu haqda NDTV telekanali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Shtat markazi Bxubaneshvarda boshqaruvni yo‘qotgan yuk mashinasi haydovchisi uchta yo‘lovchi avtobusiga shikast yetkazgan.
Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar avtobusda siqilib qolgan besh kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lgan. Ularning og‘ir ahvolda ekanligi ma’lum qilinmoqda.
Bundan tashqari, turli darajadagi shikastlanishlarni olgan 25 nafar yo‘lovchi shahar shifoxonasiga yetkazilgan.
Politsiya taxminiga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisining rulda uxlab qolishi avariyaga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)