Fiji hukumati mamlakatda Zika bezgagi virusi bilan kasallanishning birinchi holati qayd etilganligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Jon Usamatening ma’lum qilishicha, Fiji arxipelagining g‘arbiy orollaridan birining fuqarosi virusni yuqtirib olgan.
Avvalroq joriy yilda Zika virusi bilan kasallanish holatlari boshqa bir qator kichik orol davlatlar, jumladan, Samoa, Tonga va Marshall orollarida, o‘tgan hafta esa Yangi Kaledoniyada ham qayd etilgan edi.
Izoh (0)