Nikaragua prezidenti Daniel Ortega AQSh tomonidan Venesuelaga nisbatan sanksiyalarning uzaytirilishini qoraladi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Venesuelani AQSh xavfsizligiga tahdid qilishda ayblashmoqda, bu urush e’lon qilish deb ataladi. Bu xuddi Kubaga nisbatan blokada kabi jiddiydir”, — deb ta’kidladi Ortega 5-mart, shanba kuni Karakasdagi xalqaro forumdagi chiqishida.
Nikaragua rahbarining fikricha, AQSh Venesuela bilan Kuba voqeasini takrorlamoqda va endi Nikolas Maduro ushbu kurashni boshlashiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, Venesuela Tashqi ishlar vazirligi rahbari Delsi Rodriges mamlakat hukumati AQSh bilan munosabatlarini to‘liq qaytadan ko‘rib chiqish haqida qaror qabul qilganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)