Iroqning Al-Xilla shahrida xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan portlash qurbonlari soni 60 kishiga yetdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Reuters manbalariga ko‘ra, terakt tufayli yetmishdan ziyod kishi jarohat olgan. Al-Xilla Bobil viloyatining ma’muriy markazi bo‘lib, aholisi asosan shialar bo‘lgan mintaqada joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 6-mart, yakshanba kuni ro‘y bergan va IShID javobgarlikni zimmasiga olgan mazkur terakt oqibatida 47 kishi halok bo‘lgani bildirilgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)