Xitoy rahbari Si Szinpin Tayvanning Xitoydan ajralishidek fojia takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Shu tariqa, XXR yetakchisi orolni mustaqillikka qaratilgan sa’y-harakatlardan tiyilishga chaqirdi.
“Biz Tayvan mustaqilligiga qaratilgan har qanday ayirmachilik shakllarini qat’iy cheklaymiz, mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilamiz, millat bo‘linishiga olib kelgan tarixiy fojia takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, — deya ta’kidlagan Si Szinpin.
Izoh (0)