“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Lui van Gal jamoaning 18 yoshli hujumchisi Markus Reshfordning omadli debyuti haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi, deb xabar beradi “Chempionat”.
“Nashrlarda Reshford meni iste’fodan saqlab qolgani haqida o‘qidim. Bu haqiqat emas. U men va jamoa siyosati tufayli asosiy tarkibda maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Asosiy jamoada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan boshqa yosh futbolchilar ham shular jumlasidan. ‘MYu’ning hozirgi siyosati katta tarkibga ega bo‘lmagan holda yosh futbolchilarga imkoniyat berishdan iborat”, – deydi Lui van Gal.
Eslatib o‘tamiz, Markus Reshford “Midtyulland”ga qarshi (5:1) Yevropa Ligasi 1/16 final javob o‘yinida hamda “Arsenal”ga qarshi (3:2) Angliya chempionati 27-turida dubl qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)