Tailandning Nong Kxay provinsiyasida ikki pikapning ro‘paradan to‘qnashuvi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
To‘qnashuv 4-mart, juma kuni erta tongda Bangkokdan 600 kilometr shimoli-sharqdagi Nong Kxay provinsiyasining Rattana Vapxi tumanidagi mahalliy yo‘llardan birida yuz bergan.
Ichida besh nafar erkak va bir nafar ayol bo‘lgan pikap boshqaruvni yo‘qotib, katta tezlikda qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan. Natijada mashina boshqa yo‘nalishda kelayotgan, haydovchi va yo‘lovchisi bo‘lgan boshqa pikapga urilgan. YTH ishtirokchilarining barchasi voqea joyida halok bo‘lgan.
Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, avariya oqibatida ikki nafar chet el fuqarosi halok bo‘lgan. Birinchi pikapdagi ayol Laos fuqarosi, ikkinchi pikapning yo‘lovchisi Myanma fuqarosi bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning qolganlari Tailand fuqarolaridir.
Izoh (0)