Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu so‘nggi paytlarda mashg‘ulotlar vaqtida avvalgidek ishtiyoq bilan shug‘ullanmayapti. Bu haqda Sportyou’ga tayangan holda “Chempionat” xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, portugaliyalik futbolchining mashg‘ulotlarda ishtiyoqsiz harakat qilishi “Qirollik klubi” a’zolarini hayron qoldirgan. Ronalduning jamoadoshlari uning mashg‘ulotlar vaqtida deyarli harakat qilmasligi, o‘yinlar oldidan esa tayyorgarligi butkul o‘zgarganini ta’kidlagan.
Avvalroq “Real” prezidenti Florentino Peres kelasi mavsumda Ronalduni jamoa safida ko‘rmayotgani haqida o‘z hamkasblariga aytib o‘tgani xabar qilingandi.
Izoh (0)