O‘zbekistonlik iste’dodli tennischi Jo‘rabek Karimov Rossiyaning Qozon shahrida o‘tkazilgan “Yelsin Kubogi” tennis turnirining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu haqda musobaqa rasmiy sayti xabar bermoqda.
17 yoshli o‘zbekistonlik tennischi final bahsida rossiyalik tengdoshi Lev Kazakovga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz bellashuvda o‘zbekistonlik tennischi 6:2, 6:4 hisobida zafar quchdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan Karimov o‘z ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bosqichdan boshlagan edi. U bu davrada rossiyalik Ivan Mixaylyukni 6:1, 6:4, uchinchi davrada rossiyalik Aleksey Zaxarovni 6:4, 6:4, chorak finalda britaniyalik Rayan Jeyms Storriyeni 6:2, 4:6, 7:6, yarim finalda esa rossiyalik Pavel Kotovni 7:5, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Izoh (0)