Kecha, 26-fevral kuni Shveysariyaning Syurix shahrida FIFAning yangi rahbarini tayinlash uchun saylov bo‘lib o‘tdi va unda UEFA bosh kotibi Janni Infantino g‘olib bo‘ldi. FIFAning yangi prezidenti saylovdan so‘ng kongressga murojaat qildi, deya xabar beradi “Sports.ru”.
“Hozir o‘z hissiyotlarimni tasvirlab bera olmayman. Biz FIFAning obro‘sini qayta tiklaymiz. Butun dunyo biz bilan faxrlanadi. Barcha 209 federatsiya va nomzodlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Futbolning yangi davrini boshlamoqchiman va u doimo markazda bo‘ladi. Futbol qora kunlarni o‘z boshidan o‘tkazdi, hozir esa barchasi tugadi. Barchani hamkorlikka chorlayman”, — deydi FIFAning yangi prezidenti Janni Infantino.
Ta’kidlash joiz, Janni Infantino 4 yilga FIFA prezidenti etib saylandi.
Izoh (0)