O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4720-sonli Farmoni, talablari asosida Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi tomonidan Korporativ boshqaruv kodeksi tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
Unda korporativ boshqaruvning ilg‘or uslublarini joriy qilish, shu jumladan:
- uzoq muddatli istiqbolda rivojlanish strategiyasi va vazifalari, ichki nazorat tizimlari va ijro organining aksiyadorlar hamda investorlar bilan o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini belgilash;
- aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ko‘lami, tarmoq xususiyatlari va yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy qilish;
- aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular tomonidan xalqaro standartlar asosida audit va moliyaviy hisobot axborotini chop etish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)