AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya bilan Suriyada tinchlik o‘rnatish borasida erishilgan kelishuvdan mamnunligini bildirdi. Bu Oq uyning rasmiy saytida chop etilgan bayonotda o‘z ifodasini topdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru” sayti.
Prezidentning so‘zlariga qaraganda, ayni paytdagi eng dolzarb vazifa ham Suriyaning rasmiy rahbariyati, ham muxolifat yetakchilaridan ijobiy javob olib, tinchlik o‘rnatishdan iboratdir.
Eslatib o‘tamiz, kecha Rossiya va AQSh Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgani xabar qilindi. Kelishuvga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi 27-fevraldan boshlab kuchga kirishi kerak.
Izoh (0)