Kataloniya OAVlari Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Iskoning Ispaniya kubogi final uchrashuvi doirasida “Barselona” va “Sevilya” o‘rtasidagi o‘yin o‘tkaziladigan joy yuzasidan aytgan fikrlariga zudlik bilan javob qaytardi, deb yozadi “Chempionat”.
Primeraning 24-turi doirasida “Atletik Bilbao” bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida “Real” muxlislari final o‘yin “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tkazilishi ehtimoliga qarshi mojaro ko‘tardi. Matchdan so‘ng Isko “Qirollik klubi” muxlislari fikriga qo‘shilishini aytdi.
Kataloniyaning Sport internet-nashri Isko 2013-yilda “Real”ga o‘tguniga qadar, “Malaga” tarkibida “Barselona” uchun ishqibozlik qilganini eslatdi. U shunchalik sodiq muxlis bo‘lganki, o‘z itini Argentina termasi o‘yinchisi Lionel Messi nomi bilan atagan.
Ispaniya kubogi finali 21-may kuni o‘tkaziladi. U bo‘lib o‘tadigan joy noma’lumligicha qolmoqda.
Izoh (0)