Futzal bo‘yicha Osiyo chempionatining “A” guruhida 3-tur o‘yinlari yakuniga yetdi.
Ikkinchi turdan keyin guruhda birinchi o‘rinni naqd qilib qo‘ygan O‘zbekiston termasi oxirgi turda Livanga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida Javlon Anorov va Farhod Abdumavlonovlar tomonidan kiritilgan gollar O‘zbekistonga 2:0 hisobida g‘alaba keltirdi. 3 o‘yinda 3 g‘alabaga erishgan Xose Mariya Mendez shogirdlari guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunladi.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Qirg‘iziston Saudiya Arabistonini 3:2 hisobida yengib, chorak finalga yo‘llanma oldi.
Futsal. OCh—2016. “A” guruhi. 3-tur.
O‘zbekiston – Livan – 2:0 (2:0)Gollar: Javlon Anorov (11), Farhod Abdumavlonov (16).Qirg‘iziston – Saudiya Arabistoni 3:2 (3:0)
Chorak finalda O‘zbekiston Iroqqa qarshi o‘ynaydi, Qirg‘iziston esa Eronga qarshi to‘p suradi.
Izoh (0)