Aktrisa Sitora Alimjonova rejissor Ulug‘bek Abzalovning “Salom, sevgi” filmini suratga olish vaqtida hushidan ketdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Sitora Alimjonova qahramonining dardli sahnasi 20 ta dubl qilingani aktrisaning yuragiga og‘irlik qilgan, shekilli, u hushidan ketib qoldi. Ijodiy jamoa o‘z vaqtida tez yordam ko‘rsatishga ulgurgan”, — deyiladi gazeta xabarida.
Bundan tashqari, Toshkent viloyati hududida joylashgan Nanay tog‘laridagi suratga olish ishlari vaqtida aktrisa baland poshnali oyoq kiyimida tepalikka chiqishga urinib, ehtiyotsizlik oqibatida jarga qulashiga bir bahya qolgan.
Izoh (0)