Hindistonda yuk tashuvchi avtomashinasining shatakchi avtomashinasi bilan to‘qnashuvi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda Sahara Samay nashri bergan ma’lumotlarga asosan “RBK” xabar qilmoqda.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, hodisa qishloqlarning birida 13-fevral, shanba kuni ertalab sodir bo‘lgan. Mahalliy aholi vakillari Basant bayramidan keyin Shiva cherkovidan shatakchi avtomashinasida qaytib kelayotganda, avtomashina katta tezlikda yuk tashuvchi avtomashinasiga borib urilgan.
11 kishi, shu jumladan, besh nafar ayol, besh nafar erkak va bir bola voqea joyida halok bo‘lgan. Tan jarohati olganlar shifoxonaga yuborilgan. Ularning ikki nafari og‘ir ahvolda.
Izoh (0)