Chevrolet kompaniyasi restayling qilingan Trax (Rossiyada — Tracker) modelining rasmlari va u haqdagi ma’lumotlarni tarqatdi, deb yozadi “Kolyosa”.
Yangilangan krossover o‘zgacha old va orqa optikaga ega bo‘ldi, u radiator panjarasining Chevrolet’ga xos yangicha firma uslubida bezatilgan. Bundan tashqari, mashinaga modernizatsiyalangan uskunalar paneli va kengaytirilgan ro‘yxatdagi jihozlar o‘rnatildi.
Chevrolet Trax/Tracker motorlari lineykasiga 138 ot kuchiga teng 1,4 litrli benzinli motor kirdi, u olti diapozonli “avtomat” bilan butlanadi.
Endi ixcham yo‘ltanlamas arsenalida old to‘qnashuv haqida ogohlantirish tizimi, tanlangan harakat chizig‘idan og‘ganlik haqida xabardor qiluvchi tizim mavjud. Bundan tashqari, multimedia tizimi Apple CarPlay va Android Auto bilan “o‘rtoqlashdi”.
Izoh (0)