Chevrolet kompaniyasi yangi avlod Chevrolet Camaro kupesining trek versiyasi —1LE’ni taqdim etdi. Bunday komplektatsiya ilk bor V8 emas, V6 motoriga ega bo‘ladi, deya xabar bermoqda “Motor”.
1LE versiyasi 335 ot kuchi bo‘lgan “oltilik”ka (3.6) ega LT va 455 ot kuchi bo‘lgan “sakkizlik”ka (6.2) ega SS uchun taklif etilmoqda. LT versiyasi SS elementlariga ega sport podveskasi va SS yoqilg‘i tizimi, dvigatel va transmissiyani qo‘shimcha sovutish, to‘rt porshenli Brembo tormozi, shuningdek, 20 dyuymli g‘ildirak disklari bilan jihozlangan.
SS modifikatsiyasiga esa Magnetic Ride podveskasi, elektron differensial, dvigatel va uzatish qutisini qo‘shimcha sovutish, maxsus chiqarish tizimi, olti porshenli Brembo tormozi, 20 dyuymli g‘ildirak disklari o‘rnatilgan.
Trek versiyalarining dinamik xususiyatlari hozircha ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)