Euronews telekanalida 8-fevral kuni “O‘zbekistondan otkritkalar” dasturining Shahrisabz shahrida joylashgan Oqsaroy saroyiga bag‘ishlangan oxirgi epizodi efirga chiqdi. Bu haqda UzReport xabar beradi.
Oqsaroy saroyi XIV asrda barpo etilgan bo‘lib, o‘z vaqtida Amur Temurning yozgi qarorgohi sifatida xizmat qilgan. Hozirgi kungacha uning faqat ikki mahobatli ustuni saqlanib qolgan.
“Bu me’morchilikning ajoyib yutug‘i bo‘lgan. Saroy tomida favvoralari bo‘lgan ulkan hovuz bo‘lib, uning suvi yon-atrofdagi tog‘lar daryolaridan kelib turgan”, — deb hikoya qiladi Euronews muxbiri Sheymus Kerni.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekistondan otkritkalar”ning birinchi reportaji Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasiga, ikkinchi reportaji Xiva obidalari — Ichan-qal’a va Kalta Minorga, uchinchi reportaji Xivadagi Tosh-hovli saroyiga, to‘rtinchisi Marg‘ilon shoyisiga, beshinchisi esa Rishton kulolchiligiga bag‘ishlangan edi.
Izoh (0)