Avstriyaning Alp tog‘larida qor ko‘chishi oqibatida besh nafar chexiyalik sayyoh halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya bergan ma’lumotlarga asosan Meduza xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, qor uyumi ostida yana 12 nafar odam qolib ketgan. Jabrlanganlarning aniq soni ma’lum emas.
Hodisa Insbruk shahridan 40 kilometr janubi-sharqda joylashgan Vattental kurortida sodir bo‘lgan.
Izoh (0)