Samarqand viloyatida tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini buzgan barcha toifadagi mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Urgut tuman Davlat soliq inspeksiyasining to‘rt nafar inspektori 19 tadbirkordan daromad solig‘i uchun deb, 33 million so‘mlik soliq va sug‘urta badallarni yig‘ib olgan.
Biroq bu mablag‘lar tadbirkorlarning hisob varaqasiga kiritilmasdan, soliq inspektorlari tomonidan o‘zlashtirib yuborilgan.
“Soliq inspektorlari Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilib, ularga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlandi”, — deyiladi gazeta xabarida.
Izoh (0)