“O‘zbekiston pochtasi” AJ xalqaro va mahalliy pochta jo‘natmalari qayta ishlanishi kechikayotganligi uchun uzr so‘radi. Bu haqda jamiyat saytida joylashtirilgan xabarda ma’lum qilinadi.
“O‘zbekiston pochtasi’ AJ texnik sabablarga ko‘ra, ‘Xalqaro pochtamt’ filialida xalqaro va mahalliy pochta jo‘natmalari qayta ishlanishi kechikayotganligini bildiradi. Pochta aloqasi xizmatidan foydalanuvchilaridan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Hozirgi paytda ‘Xalqaro pochtamt’ filiali faoliyatini tezroq odatiy tartibga keltirish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda”, — deyiladi mazkur xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “O‘zbekiston pochtasi”ning Toshkentdagi Shimoliy vokzalga yondosh hududda joylashgan xalqaro filialida 5-fevralga o‘tar kechasi yong‘in bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)