Bugun, 5-fevral kuni ertalabdan Uzcard plastik kartalari egalari to‘lov tizimidagi texnik nosozliklar tufayli o‘z xaridlari uchun to‘lovni amalga oshira olmadi, deb yozadi ICTNews.
Biroq tushga qadar muammo bartaraf etildi va servis yana ishlab ketdi.
Uzcard milliy to‘lov tizimi saytida aytilishicha, 07:10 dan 12:15 gacha to‘lov terminal tarmog‘i va protsessing markazi o‘rtasida aloqa uzilgan, bunga faol tarmoq uskunasining ishlamay qolishi sabab bo‘lgan.
Izoh (0)