O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 11-fevralgacha qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
“6—11-fevral kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor”, — deyiladi markaz axborotida.
Qayd etishlaricha, 7—8-fevral kuni tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq 9—11-fevral kunlari qor va yomg‘ir yog‘ishi, 10—11-fevral kunlari ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Izoh (0)