4-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining Haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Haj vaziri Bandar Hajjor bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Haj va umra ishlari bo‘yicha attashe Zafar Abdullayev hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Saudiya Arabistonidagi vakili Muxtor Haitov ishtirok etdi.
Saudiya tomonidan uchrashuvda Haj vazirligi boshqarma boshliqlari, Tashqi va ichki ishlar vazirliklari vakillari ishtirok etdi.
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda o‘tgan yilgi Haj mavsumi natijalari va kelasi Haj mavsumidagi o‘zaro vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, kelasi mavsumda O‘zbekistondan 5200 kishi Haj ibodatini ado etishiga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining Haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Podshohligi (SAP)ga jo‘nab ketganligi haqida xabar qilingan edi.
Izoh (0)