Rossiya prezidenti Vladimir Putin chitalik maktab o‘quvchisi Jenya Buzinning xatiga javoban o‘z dastxati tushirilgan suratini jo‘natdi, deb yozadi “RBK”.
Davlat rahbarining javob xatini o‘quvchiga Baykalorti o‘lkasi bo‘yicha bosh federal nozir Nikolay Gantimurov topshirdi.
Bolakay o‘z maktubida prezidentni Yangi yil bilan tabriklab, muvaffaqiyatlar tiladi va o‘z qiziqishlari haqida gapirib berdi.
Jenyaning onasi aytishicha, ular Yangi yilni Xitoyda kutib olgan, u yerdagi qahvaxonada televizor orqali Putinning tabrigini eshitgach, bola qattiq ta’sirlangan va Rossiyaga qaytish istagini bildirgan. U, shuningdek, siyosatga qiziqib keladi. Masalan, Putin hokimiyat tepasida qancha vaqt bo‘lishi, saylovlar qanday bo‘lib o‘tishi, hozirgi prezident o‘rnini kim egallashi haqida so‘ragan.
Izoh (0)