Orbital sun’iy yo‘ldosh tomonidan Shimoliy Koreyaning raketa poligonida faollik qayd etildi. Bu haqda AQSh va Janubiy Koreyaning 38 North internet portali bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, tijorat sun’iy yo‘ldoshi tomonidan yaqinda olingan suratlar Tochxan-ri poligonida yuqori faollik borligi aniqlangan. Faollik raketa pog‘onalari teriladigan angarda qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida KXDRning sun’iy yo‘ldoshli raketa uchirmoqchi bo‘layotganligi yuzasidan e’tiroz bildirgan edi.
Izoh (0)