AQShning Tennessi shtatidagi Noksvill shahrida maktab avtobusining yengil avtomashina bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 12 nafar bola zarar ko‘rib, shifoxonaga yuborildi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchilar og‘ir tan jarohati olmagan va ularning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti. Jami 75 nafar o‘quvchini olib ketayotgan avtobus avtomashina bilan to‘qnashgandan keyin yo‘lning chetiga chiqib ketgan.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi.
Izoh (0)