Suriyada Bashar Asad armiyasi shialarning Nobul va Az-Zahro shaharlaridagi to‘rt yillik qurshovni yorib o‘tish bo‘yicha muvaffaqiyatli operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qiladi.
Suriya qo‘shinlari ayni vaqtda mazkur shaharlar ichida bo‘lib turibdi.
“Terrorchilar shturmchi otryadlar va artilleriya bosimi ostida bu aholi punktlarini tark etdi. Ammo shaharlar atrofida minomyot snaryadlari va qo‘lbola raketalar bilan o‘qqa tutish davom etmoqda”, — dedi “RIA Novosti” manbasi.
Shuningdek, 3-fevral kuni Asad armiyasi ko‘ngillilar otryadi bilan Suriya muxolifatining Turkiyadan o‘q-dorilar va yordam kuchi olib turadigan asosiy ta’minot yo‘lini uzib qo‘ygan.
Izoh (0)