O‘zbekistonda Lenovo kompaniyasining Vibe P1 smartfonlari sotuvi boshlandi. Bu haqda “Mobinfo.uz” xabar bermoqda.
Mazkur qurilma birinchi galda smartfon uzoq vaqt mobaynida quvvat olmay ishlashini istovchi mijozlar uchun mo‘ljallangan: telefon 5000 mA/soatli akkumulyator batareyaga ega, shuningdek, tez quvvatlanish va boshqa qurilmalardan quvvatlanish funksiyalari, korpusida esa energiya tejovchi tugmasi mavjud.
Vibe P1 8 va 2 megapikselli ikki frontal kamera, 13 megapikselli asosiy kamera, 5,5 dyuymli Full HD-ekran, Snapdragon 615 protsessori, 2 Gb tezkor xotira va 32 Gb doimiy xotiraga ega.
Izoh (0)