“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida yozgi Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda terma jamoaning bosh murabbiyi Xerardo Martino bergan ma’lumotlarga asosan “Uff.uz” xabar qilmoqda.
“Xalqaro turnirlarning ko‘p bo‘lganligi uchun Lionel Messi Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida qatnashmaydi. Oldimizda Amerika Kubogi, 2018-yilgi Jahon chempionatiga saralash bahslari bor. Bundan tashqari Messi “Barselona”da ko‘p ter to‘kmoqda. Albatta biz yutishni xohlaymiz, lekin, futbolchilarni maydonda qiynagim kelmayapti”, ― dedi argentinalik mutaxassis.
Izoh (0)