Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati doirasidagi “Espanyol”ga qarshi o‘yindan so‘ng, Marokashga borib keldi. Bu haqda “Sport.es” xabar bermoqda.
Krishtianu Ronalduning har hafta Marokashga — kikbokschi do‘sti Badr Harining oldiga borib kelishi “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan va klub prezidenti Florentino Peresga ma’qul kelmagan va ular futbolchidan bu kabi sayohatlarni to‘xtatishni so‘ragandi.
Biroq, “Real” “Espanyol”ni 6:0 hisobida mag‘lub etib, futbolchilarga dushanba kuni dam berilgani munosabati bilan, Ronaldu yakshanba oqshomida o‘z shaxsiy samolyotida yana Marokashdagi do‘stining oldiga jo‘nab ketgan.