Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadagi harakatlari orqali xalqaro hamjamiyatning mamlakatda fuqarolar urushiga chek qo‘yishga qaratilgan urinishlarini yo‘qqa chiqarmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xammond ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Xammond so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bombardimonchi samolyotlari Suriya prezidenti Bashar Asadga ko‘rsatayotgan ko‘mak mamlakatdagi fuqarolar urushi uchun sharoit yaratmoqda, xolos.
Xammond ta’kidlashicha, Suriyaga qo‘shni mamlakatlardagi lagerlardan qochoqlar oqimi, Rossiya Suriyada bombardimonlarni boshlaganidan so‘ng, puchga chiqdi, odamlar, aksincha, mamlakatdan qochib keta boshladi. U, shuningdek, Rossiya aviatsiyasi nishonlarining 30 foizigina IShID bazalariga aloqador ekanligini aytdi.