Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa hukumatiga yaqin vaqt ichida ushbu hududga yetib kelgan o‘n mingga yaqin voyaga yetmagan qochoqning joylashgan joyi haqida hech narsa ma’lum emas. Bu haqda Yevropa Ittifoqi politsiya xizmati (Europol) ma’lumotiga tayanib, Meduza xabar beradi.

Foto: The Guardian

Foto: The Guardian

Bolalarning g‘oyib bo‘lishi ularning barchasi halok bo‘lganligi yoki jinoyatchilar qo‘liga tushganligini anglatmaydi. Ularning ba’zilari qarindoshlarinikiga yetib olgan bo‘lishi yoki ularni boshqa oilalar o‘zlariga olgan bo‘lishi mumkin. Europol faqat ularning taqdiri haqida hech narsa ma’lum emasligini xabar qilmoqda.

Bolalarning eng ko‘p soni, ya’ni besh mingga yaqini Italiyada g‘oyib bo‘lgan. U yerga muhojirlarning Shimoliy Afrikadan qochib borayotganligi qayd etilgan. Yana ming nafar voyaga yetmagan Shvetsiyada g‘oyib bo‘lgan. Buyuk Britaniyada 2015-yilning yanvar—sentabr oylarida 340 nafar bola yo‘qolgan.

Save the Children tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, 2015-yilda Yevropaga 26 ming bola kattalarning kuzatuvisiz yetib kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi