Turkiya politsiyasi maxsus operatsiya davomida ispaniyalik rassom Pablo Pikassoning “Sochlarini tarayotgan ayol” kartinasini musodara qildi. Kartina Nyu-Yorkda kolleksionerdan o‘g‘irlab ketilgan edi. Bu haqda AFP agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Politsiya o‘zini xaridor sifatida tanishtirib, jinoyatchilar bilan bog‘langan hamda ikkita uchrashuvni tashkil qilgan: dastlab mehmonxonada, keyin esa Istanbuldagi yaxtalardan birida. Sotuvchilar avvaliga kartina uchun 8 million dollar so‘ragan, biroq keyinroq 7 million dollarga rozi bo‘lgan.
Gumonlanuvchilar bilan kafeda belgilangan uchinchi uchrashuv davomida ikki jinoyatchi hibsga olingan.
Kartina rassom tomonidan 1940-yilda ishlangan. Unda rassomning muhabbati Dora Maar tasvirlangan.
Izoh (0)