Amerika maxsus xizmatlari Shimoliy Koreya 2016-yilning 6-yanvar kuni haqiqatan ham vodorod bombasini sinovdan o‘tkazganligi, biroq portlash muvaffaqiyatsiz bo‘lganligi haqida xulosaga keldi. Bu haqda CNN ma’lumotiga tayanib, Meduza xabar beradi.
Avvalroq Oq uy dastlabki kuzatishlar KXDR vodorod bombasini sinovdan o‘tkazganligi haqida xulosa chiqarishga imkon bermasligini ta’kidlagan edi.
Biroq havo tahlili va seysmologik ma’lumotlar yer osti sinovlari o‘tkazilganligi, lekin portlash mukammal bo‘lmagan portlovchi qurilma, ehtimol detonatorning portlashidan hosil bo‘lganligini ko‘rsatdi. Sinov hududi haqidagi oxirgi ma’lumotlarning chuqur tahlili amalga oshirilgandan so‘ng, yuqoridagi xulosaga kelindi.
CNN’da ta’kidlanishicha, AQSh hukumati bu haqda rasmiy xulosa bermagan.
Izoh (0)