29-yanvar, juma kuni Saudiya Arabistoni sharqidagi shialar masjidiga uyushtirilgan hujum oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa ash-Sharqiya viloyatida, al-Ahsa shahrida ro‘y berdi. Jinoyatchilar juma nomozi vaqtida portlovchi qurilmani harakatga keltirgan va o‘qotar quroldan to‘planganlarni o‘qqa tutgan.
Al Arabia ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya hujumda qatnashganlikda gumon qilinayotganlardan birini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)