Rossiyaning Ryazan viloyatida tergov organlari tomonidan bemorning plastik jarrohlik davomida vafot etganligi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda 26-yanvar kuni Rossiya Tergov qo‘mitasining Ryazan viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 24-dekabr kuni Ryazanda yashovchi 32 yoshli ayol burnining uchida plastik operatsiya o‘tkazish bo‘yicha shifokorlarga murojaat qilgan. Operatsiya oldidan tekshiruv amalga oshirilib, umumiy narkoz ostida operatsiya o‘tkazish o‘sha kunning o‘ziga belgilangan.
Dori vositalari yuborilgandan so‘ng, bemorning yuragi to‘xtab qolgan, qayta jonlantirishning iloji bo‘lmagan. Shifokorlar uning o‘limi anafilaktik shok natijasida yuzaga kelganligini qayd etgan.
Izoh (0)