Daniya parlamenti qochoqlar mol-mulkini musodara etishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Ovoz berish chog‘ida 81 kishi mazkur qonunni yoqlagan, 27 kishi qarshi chiqqan va bir kishi betaraf qolgan. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, qochoqlar mamlakat hududida 10 ming Daniya kronidan (1450 dollar atrofida) yuqori bo‘lmagan mol-mulkka ega bo‘lishi mumkin, undan oshig‘i olib qo‘yiladi. Alohida qiymatga ega bo‘lgan buyumlar (masalan, nikoh uzugi) musodara etilmaydi, biroq mazkur qoida soat, telefon yoki kompyuterga nisbatan tatbiq etilmaydi.
The Guardian manbalariga ko‘ra, Daniya hukumati ushbu chorani qochoqlar uchun sarflanadigan xarajatlarni qoplash va muhojirlarni ishsizlik nafaqasiga yashovchi daniyaliklar bilan tenglashtirish (ularning ham 10 ming krondan oshiq mulki musodara etiladi) uchun qo‘llamoqda.
Izoh (0)