Kamerun shimolida yuz bergan bir qator teraktlar oqibatida 29 kishi qurbon bo‘ldi, yana 30 kishi turli darajadagi jarohatlar oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
25-yanvar, dushanba kuni to‘rt nafar xudkush terrorchi Kamerunning eng shimoliy hududida joylashgan Bodo shahridagi bozorda portlovchi qurilmani harakatga keltirgan.
“Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, 29 kishi halok bo‘lgan va 30 ga yaqin kishi jabrlangan”, — deyiladi politsiya xodimining ma’lumotida. Bunda xudkush terrorchilar ham halok bo‘lganlar soniga kiritilgan-kiritilmaganligi ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)