Bir necha kun oldin Eronning “Persepolis” jamoasiga o‘tgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Aleksandr Lobanov fors klubida 55-raqam ostida o‘ynaydi. Bu haqda klub rasmiy saytiga tayanib, “Sports.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekistonlik golkiper kuni kecha yangi klubi safida debyut o‘yinini o‘tkazishga ham ulgurdi. Shohada Kubogi doirasida o‘tgan bahsda “Persepolis” “Saypa” bilan bahs olib bordi. O‘yinda 3:2 hisobida “Persepolis” g‘alabaga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Persepolis”ning asosiy darvozaboni Sosha Makaniy paranjisiz ayollar bilan suratga tushgani uchun yanvar oyining boshida hibsga olingan. Shundan so‘ng Eron klubi Lobanov bilan yarim yillik shartnoma imzoladi. Kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Izoh (0)