Savdo natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, neftning Brent markasi narxi barreliga 32 dollardan oshgan. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
22:34 holatiga neftning barreli 32,01 dollarga narxlandi. Bu savdolarning ochilishidagi 29,59 dollardan 9,42 foizga ortiqdir. 22-yanvar kuni neftning maksimum qiymati 32,29 dollarni tashkil etdi.
21-yanvar kuni kechqurun Brent fyucherslarining qiymati ICE birjasida 29 dollardan oshgan bo‘lsa, 22-yanvar kuni uning narxi 31 dollardan oshdi.
Neft narxining oshganligi tufayli rubl mustahkamlanmoqda. Moskva birjasida dollar 78,16 rubldan savdo qilinmoqda, bu esa savdolarning ochilishidagi qiymatdan 4,47 rublga arzondir.
Izoh (0)