Chevrolet kompaniyasi Cruze modelining gibrid modifikatsiyasi sinovini boshladi. Bu haqda Motor xabar bermoqda.
Mashina Volt gibridining 1,5 litrli dvigateli (yoki 1,8 litrli Malibu motori), shuningdek, elektr motor va litiy-ionli batareyalar to‘plami bilan jihozlanishi kutilmoqda.
Gibridning jihozlari ro‘yxatida orqa tomon kamerasi, Android Auto va Apple CarPlay dasturlaridan foydalanadigan MyLink multimedia majmuini ham ko‘rish mumkin.
Cruze gibridining taqdimoti bahorda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Sotuvga esa 2016-yil oxiri yoki 2017-yil boshida chiqariladi.
Izoh (0)